Antaliya - Turkiyaning janubidagi shahar, Antaliya elining maʼmuriy markazi. Oʻrta dengiz boʻyidagi port. Ke-masozlik rivojlangan. Metallurgiya, toʻqimachilik va oziq-ovqat sanoati korxonalari bor. Antaliya va oʻrmon mahsulotlari bilan savdo qilinadi. Antaliyaning o`zgacha ekanini samolyot aeroportga qo`na boshlagan ilk daqiqalardayoq his qilasiz. Samolyot oynasidan cheksiz ummonning bir uchi osmon bilan tutashgan nuqtaning guvohi bo`lasiz.
Turkiyaning turistik salohiyatini jadal rivojlantirish fonida Antaliya mamlakatning eng muhim sayyohlik markaziga aylangan. D400 avtomagistrali uni boshqa kurort zonalari bilan bog`laydi va 1998 yil qisqa vaqt ichida aeroportda mamlakatdagi yo`lovchi tashish bo`yicha uchinchi o`rinni egalladi. Hozirgi paytga kelib esa Antaliya Turkiya nomi bilan parallel ishlatiladi, dunyoning eng nomdor turizm markazlaridan biriga aylandi.
Antaliyaga sayohatni sohilda joylashgan mehmonxonadan turib, tongda mavjlanib turgan ko`m-ko`k dengizni tomosha qilishdan boshlanadi. Erta tongda, hali quyosh nurlari yerga tushib ulgurmay, sohilda turib dengizni kuzatar ekansiz, dengiz usti bo`ylab yer va osmonni tutashtirib turgan bulutlar va butun Antaliyaga rangi urib turgan moviylik guvohi bo`lasiz. Yiliga 300 kun quyosh, go'zal eski shahar, ajoyib restoranlar, moviy dengiz, qadimiy xarobalar va boshqa ko'p narsalar Antaliyani Turkiyaning eng mashhur shaharlaridan biriga aylantiradi.