Bali - Malayya arxipelagidagi orol. Indoneziyaga qarashli Kichik Zond orollari toʻdasida. Yirik shahri — Denpasar. Orolning yer yuzasi togʻli, sharqiy qismida Agung vulkani bor. Iqlimi tropik, musson iqlimi. Yozi seryogʻin. Tropik oʻrmonlar bilan qoplangan. Plantatsiyalarda sholi, kofe, kakao yetishtiriladi. Bali Indoneziya madaniyati va sanʼatining qadimiy markazi. Balida meʼmoriy yodgorlik koʻp, jumladan "Qirollar mozori" — qoyaga oʻyib ishlangan fasadlar, "Fil gʻori" va boshqa Orolga koʻplab sayyohlar kelib turadi.
Balini aylanish uchun eng qulay transport bu turistlar uchun maxsus yo’nalishli avtobuslar (shuttle bus). Bu avstobuslar aynan orolning diqqatga sazovor joylari bo’ylab harakatlanadi. Bundan tashqari, oddiy jamoat avtobuslari, taksi avtomobillar, taksi mototsikllar va Go-jek, Grab Taxi kabi mobil ilovalardan ham foydalanishingiz mumkin.
Bali janubi-g’arbiy sohilida joylashgan Seminyak shaharchasi orolning eng mashhur va gavjum go’shalaridan biri. Shaharda ko’plab do’konlar, restoranlar va hashamatli hotellarni topasiz. Mayin qumli sohilda Hind okeanining panoramik manzaralaridan zavqlanish uchun ajoyib joy.
Tanah Lot dengizda, katta tosh ustida joylashgan hind ibodatxonasi. Ibodatxona Bali janubi-g’arbiy sohillari bo’ylab joylashgan 7 dengiz ibodatxonalaridan biridir. Tanah Lot atrofi ayniqsa kechki payt, quyosh botish arafasida juda gavjum bo’lishi mumkin. Avtomobil yo’lidan to ibodatxonagacha bo’lgan masofa turli xil suvenirlar sotuvchi do’konlar bilan to’la. Balining eng baland Gunung Agung tog’lari etagida joylashgan ibodatxonalar kompleksi. Miflarga ko’ra, bu ibodatxonalar mahalliy aholini yozvuzliklardan himoya qilish uchun barpo etilgan. Majmuaga tog’lar ichida yashashi ishoniladigan ajdaholar xudosi nomi berilgan. Kompleks 28 dan ortiq binolarni o’z ichiga oladi. Atrofda go’zal tabiat, yashilga burkangan tog’lar va toza havo sizni rohatlantiradi.