Buxoro

Buxoro - Muqaddas Buxoro O‘zbekistonning sayyohlik durdonalaridan biridir. Tarixiy shahar markazi YUNESKOning Butunjahon merosi ro‘yxatiga kiritilgan. Shaharning yoshi 2500 yildan oshgan. Qadimiy sharqona ertakning muhitiga tushib qolishni istasangiz, Buxoroning eng diqqatga sazovor joylarini ziyorat qiling.

Har yili dunyoning turli burchaklaridan juda ko’p sayyohlar bu azim shaharga asrlar davomida uzoq yo’lni bosib o’tgan, o’rta asr me’morchiligining ko’plab yodgorliklari toshlarida qotib qolgan tirik tarixni o’z ko’zlari bilan ko’rish uchun kelishadi.

Samarqandga sayohat qilar ekansiz Imom al-Buxoriy majmuasini ziyorati bilan boshlanib, Registon maydoni, Amir Temur, Shoxi zinda maqbaralari, Mirzo Ulug‘bek rasadxonasi ziyorati bilan davom etar ekan mazkur tarixiy obidalar, ulardagi naqshinkor bezaklar, ganchkorlik namunalari ota-bobolarimizning ilm-fan taraqqiyotidagi qudrati va donishmandligi, insoniyat taraqqiyotiga ulkan hissa qo‘shganligiga yana bir bor amin bo‘lasiz. Buxoroga sayohat qilish natijasida "Labi hovuz" ansambli, "Shahriston" majmuasi, Minorai Kalon, "Mir Arab" madrasasi, Masjidi Kalon, "Ark" qal'as kabi tarixiy obedalarga tashrif buyirishingiz mumkin.