Dubay - Birlashgan Arab Amirliklari tarkibidagi shahar hamda Dubay amirligining maʼmuriy markazi. Arabiston yarim orolning shimoliy-sharqida joylashgan. Dubay jahondagi oltin savdosi markazlaridan biri. Dubai juda chiroyli hamda jahon dagi o'z o'rniga ega davlatlardan bu esa uning dunyo miqiyosidagi eng qudratli shaharlar orasida qilip turadi.
Dubay Marina transportda harakatlanish bo‘yicha shaharning eng yaxshi joylaridan biri bo‘lib, bu yerda ikkita metro bekati, avtobus tarmog‘i, Dubay tramvayi va suv qatnovini ta’minlaydigan paromlar mavjud. Shuningdek, bu tumandan Dubayning eng yaxshi restoranlari, ko‘ngilochar maskanlari va mehmonxonalar joy olgan.
Dubay metropolitenining hayratlanarli jihati — bu yerda metro harakati avtomatlashtirilgan. Ya’ni uni hech kim haydamaydi va metro vagonlari metr, santimetrigacha aniqlikda bir xil nuqtalarda to‘xtaydi. Dubay metropolitenining yana bir qulay tomoni, metro bekatlari shaharning diqqatga sazovor joylari, savdo markazlari bilan kesishgan. Qizil tarmoq barcha mashhur joylarni, jumladan Burj Khalifa, Dubai Mall savdo markazi, Emirates Towers, Jumeirah Lakes Towers va Mall of the Emirates ni qamrab oladi va Dubay aeroportiga yaqin joyda ham o‘z bekatiga ega.
Dubay faqat hashamatli binolardan iborat emas. Shaharning eski qismi Dubay tarixini ko‘rsatish uchun, o‘tmishni, urf-odatlarni unutib qo‘ymaslik uchun o‘z holicha saqlab qolingan. Dubai Creek bo‘yida joylashgan ushbu hudud bir paytlar savdo-sotiq va marvarid yetishtirish markazi bo‘lgan. Aynan ushbu Al Fahidi deb nomlanuvchi hududda 1998 yildan buyon Shayx Muhammad bin Rashid Madaniy tushunish markazi faoliyat yuritib keladi. Ushbu madaniyat markazida shahar mehmonlariga amirliklar tarixi, urf-odatlari haqida so‘zlab beriladi, milliy choy va shirinliklar bilan mehmon qilinadi.