Kuala-Lumpur - Malayziyaning poytaxti. Mamlakatning muhim iqtisodiy, savdo-moliya va siyosiy markazi. Federal poytaxt hududining maʼmuriy markazi. Malakkaya orolning janubiy-gʻarbiy qismida, togʻlar bilan oʻralgan xushmanzara vodiyda, Klang va Gombak daryolarining qoʻshilish yerida joylashgan. Iqlimi tropik mussonli, nam iqlim, yogʻin koʻp yogʻadi va yil davomida temperatura yuqori boʻladi. Toʻqimachilik, elektrotexnika, mashinasozlik, oziq-ovqat, kimyo, sement, yogʻochsozlik, metallsozlik sanoati, temir yoʻl jihozlari ishlab chiqarish, avtomobil yigʻish korxonalari mavjud. Texnologiya universiteti, Malayziya universiteti, milliy muzey, kutubxonalar bor. Shaharning markaziy Femida hukumat maʼmuriy binolari, savdo firmalari, yirik banklar joylashgan. Meʼmoriy yodgorliklardan masjid, Mariammam ibodatxonasi va boshqa saqlangan
Kuala Lumpur , odatda sayohatchilar va aholi tomonidan eng ko'p sayohat qilinadigan shaharlardan biri hisoblanadi. Kuala-Lumpur - Malayziya poytaxti va aholisi ko'p bo'lgan shahar. Janubi-Sharqiy Osiyodagi iqtisodiy va madaniy quvvat manbaidir.
Kuala Lumpur muhim transport yoʻllari tuguni. Aeroporti xalqaro ahamiyatga ega. Kuala Lumpur va shosse yoʻl orqali Malakka boʻgʻozi sohilidagi Port-Suettenem shahri bilan bogʻlangan. Muhim savdo-taqsimot punkti, kon sanoati va qishloq xoʻjaligi rayonining markazi.