Registon - Samarqand shahri qadimdan er yuzining sayqali deya e’tirof etib kelingan. Bu qadimiy shahar haqida juda ko‘p tarixiy manbalarda ma’lumotlar keltirilgan. Samarqand qadimdan o‘zining betakror go‘zalligi, ajoyib ob-havosi, shirin suvi va mazali nonlari bilan dunyoga mashhur shahar bo‘lgan. Ayniqsa, sohibqiron Amir Temur davrida Samarqand gullab yashnagan, savdo-sotiq markaziga aylangan va eng yuksak kamolotga etgan.
Hozirda Samarqand eng gavjum sayyohlik shaharlaridan biri hisoblanadi. Sayohat davomida sayohatchilar navqiron Samarqandning qadimiy tarixi va mustaqillik yillarida barpo etilgan bunyodkorlik majmualari to‘g‘risida katta taassurotlarga ega bo‘ldilar.
Samarqandga sayohat qilar ekansiz Imom al-Buxoriy majmuasini ziyorati bilan boshlanib, Registon maydoni, Amir Temur, Shoxi zinda maqbaralari, Mirzo Ulug‘bek rasadxonasi ziyorati bilan davom etar ekan mazkur tarixiy obidalar, ulardagi naqshinkor bezaklar, ganchkorlik namunalari ota-bobolarimizning ilm-fan taraqqiyotidagi qudrati va donishmandligi, insoniyat taraqqiyotiga ulkan hissa qo‘shganligiga yana bir bor amin bo‘lasiz.
Shuningdek, Samarqandning noyob me’moriy obidalari hamda davlatimiz rahbari tashabbusi bilan shaharda barpo etilgan madaniy-ma’rifiy inshootlar, sayilgohlar va shaharda qad ko‘tarayotgan binolarni tomosha qilar ekanmiz, ko‘hna va hamisha navqiron shahar deya ta’rif beriladigan Samarqandning o‘tmishi qanchalik buyukligidan, keyingi yillarda bu erda amalga oshirilgan o‘zgarishlar uning shuhratini yanada oshganligiga guvoh bo‘lasiz.