Toshkent

Toshkent - Oʻzbekistonning poytaxti va eng yirik shahri boʻlib, aholisi boʻyicha Markaziy Osiyodagi eng yirik qadimiy shaharlardan biri hisoblanadi. Oʻzbekistonning shimoli-sharqiy qismida, Qozogʻiston bilan chegaraga yaqin qismda joylashgan boʻlib, maydoni 334,8 km2 ni tashkil etadi. Shaharning iqlimi kontinental, jazirama, quruq yoz kunlari hamda sovuq qish iqlimi bilan Shahar boshqa dunyo shaharlaridan ajralib turadi.

Toshkent hozirda eng ko'p sayyohlarni o'ziga jalb qilgan shaharlardan biri hisoblanadi. Siz quyidagi qadimiy va kungilochar maskanlarga sayr qilishingiz mumkin.

Oʻzbekiston Davlat sanʼat muzeyiga tashrif buyurish. Muzey ekspozitsiyasi XIII-XVIII asrlarda meʼmoriy yodgorliklarni bezashda ishlatilgan, oʻyilgan sugʻoriladigan terakota, mozaikalar, majolika kabi bezak shakllari bilan keng namoyon boʻladi.

Toshkent shahri boʻylab tur-sayohat qilish, shu jumladan Koʻkaldosh madrasasi, “Minor” masjidi, “Xazrati Imom” majmuasiga tashrif buyurish mumkin. Bundan tashqari hozirda qad roslagan "Toshkent City" majmuasi xalqimizga va sayyohlarga xizmat ko'rsatib kelmoqda.