Xiva

Xiva - Xorazmning qadimiy shaharlardan biri bo’lib, o’rta asr sharq mе'morchiligining tеngsiz javohiridir. U xozirgi Urganch shahridan 25 km janub tomonidagi tеkislikda joylashgan. Xiva - qadimiy devorlar, minoralar va loydan qurilgan betakror binolar shahri. Islom hamkorlik tashkilotining (IHT) Bokuda boʻlib oʻtgan XI sessiyasi doirasida Xiva islom olamining turistik poytaxti deb eʼlon qilindi!

Xivaning yoshi 2500 yildan oshgan. Agar siz tarixga sho‘ng‘ishni va qadimiy Sharqning haqiqiy go‘zalligini ko‘rishni istasangiz, Xivaga tashrif buyuring.Qadimgi Xiva YUNESKOning Butunjahon merosi ro‘yxatiga kiritilgan. Va shunga ko‘ra, barcha diqqatga sazovor joylar dunyo tashkilotining himoyasi ostiga olingan. Xivada quyidagilarni ko'rishingiz mumkin: Asosiy qalʼa - Ichan-Qalʼa, Kunya-Ark qalʼasi, Dishan-Qalʼa;

Xivada yuzdan ortiq qadimiy minoralar, maqbaralar, masjid va madrasalar mavjud;

Xiva hukmdorlarining saroylari va turar joylari;

Qadimiy karvonsaroylar va hammomlar;

Davlat qo‘g‘irchoq teatri va Avesto muzeyi.

Ichan qalʼa — Oʻrta Osiyodagi yirik va noyob meʼmoriy yodgorlik. Xivaning ichki qalʼa qismi. Ichan qalʼa shaharning Dishan qalʼa (tashqi qalʼa) qismidan kungurador devor bilan ajratilgan. U Xiva raboti (Dishan qalʼa)dan baland qoʻrgʻontepaga oʻxshab koʻrinadi. Ichan qalʼaga 4 darvoza (Bogʻcha darvoza, Polvon darvoza, Tosh darvoza, Ota darvoza)dan kirilgan.